Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Ilg‘or sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


