O‘zbekistonda bu yil 302 nafar abituriyent Prezident granti uchun daʼvogarlik qiladi. Bu yil o‘tish balli 186.8 ballni tashkil qildi.
Qarorga ko‘ra, OTMga kirish imtihonlarida respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga daʼvogar bo‘ladi.
mandat.uzbmb.uz saytidagi maʼlumotlarga ko‘ra, 198-o‘rindan 302-o‘ringacha abituriyentlar bir xil — 186,8 ball to‘plagan, shu sababli barchasi Prezident grantiga daʼvogarlik qiladi.
Endi ular garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham, davlat granti asosida o‘qiydi.
Maʼlumot uchun, ushbu 302 nafar daʼvogar Prezident stipendiyasiga teng miqdorda 200 AQSH dollarigacha stipendiya olishi mumkin.


