1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident mahalla raislari faoliyatini tanqid qildi

Aniqlanishicha, “Mahalla beshligi” yagona jamoa sifatida ishlamayapti.

Prezident mahalla raislari faoliyatini tanqid qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalardagi “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

 

Unda “Mahalla beshligi” tizimi o‘z samarasini berayotgani qayd etildi. Lekin bu bilan to‘xtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Bugungi yig‘ilishga qadar masʼullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni o‘rgandi, joylardan takliflarni to‘pladi.

 

Aniqlanishicha, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri o‘z vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining o‘rni bilinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика