1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi

Prezident huzurida mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish, aholi bandligini taʼminlash masalasida tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini baholashning aniq mezonlari yo‘qligi va ularning mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish uchun ularning muammolari va rivojlanish nuqtalarini aniqlab, manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Aholining murojaatlarini bevosita mahallalarda hal etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi belgilandi. Og‘ir toifadagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, elektr ta’minoti, internet, tomorqa imkoniyatlari kabi yo‘nalishlarda qo‘shimcha choralar ko‘rish ko‘zda tutilmoqda.

 

Yig‘ilishda mamlakatda kambag‘allik darajasi joriy yilda 8,9 foizdan 6 foizga, kelgusi yilda esa 4,5 foizga tushirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Buning uchun bandlik xizmatlari qamrovini kengaytirish, daromad manbalari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilandi. Shuningdek, inklyuziv bandlik, mahalliy brendlar yaratish, tomorqa va suv ta’minotini yaxshilash, eksportchi kooperativlar kabi qo‘shma dasturlar orqali 1 millionga yaqin kambag‘al aholini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика