1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident: O‘zaro iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish kerak

Shavkat Mirziyoyev TDT davlat rahbarlari yig‘ilishidagi nutqida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezident: O‘zaro iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish kerak

 

Shavkat Mirziyoyev TDT davlat rahbarlari yig‘ilishidagi nutqida iqtisodiy yo‘nalishdagi hamkorlik bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. 

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston tashqi savdosining bor-yo‘g‘i 4 foizi TDT davlatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Davlat rahbari boshjona tariflarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etdi. Bundan tashqari, savdo, investitsiyalar va xizmatlar erkin aylanishini taʼminlash uchun Har yili TDT iqtisodiy forumini o‘tkazish taklif qilindi.

 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

“Hozirda Transkaspiy xalqaro koridori haqida ko‘p gapirilmoqda, ammo bu borada hali ko‘p ish amalga oshirilishi kerak”, – degan Prezident.

 

Hozirgi kunda O‘zbekiston ushbu xalqaro transport yo‘lagi orqali 10 foiz yuklarni tashiyotgani aytildi.

 

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bir qator o‘ta muhim takliflar berdi.

 

Birinchidan, global va tashkilot davlatlari bozorlari ehtiyojidan kelib chiqib oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzish;

 

Ikkinchidan, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalarni yanada chuqur tatbiq qilish uchun TDT va BMTning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish;

 

Turkiy agroforumni muntazam o‘tkazish taklif qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика