1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident qimmatbaho metall va toshlar bo‘yicha qonunni imzoladi

«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–710-son, 23.08.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Prezident qimmatbaho metall va toshlar bo‘yicha qonunni imzoladi

 

 

Qonunga ko‘ra, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnoma olgan paytdan yuzaga keladi.

 

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugaganidan keyin ularni rekultivatsiya qilish hamda kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish yuzasidan choralar ko‘rish shart.

 

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan yer qaʼri uchastkalari O‘zbekiston mulkidir, ulardan oqilona foydalanish lozim va ular davlat muhofazasidadir.

 

Qonunga ko‘ra, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bu bo‘yicha tegishli ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ruxsatnoma elektron auksion natijalaridan kelib chiqib O‘zbekiston fuqarolariga va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.

 

Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yashirish ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini tugatish uchun asos bo‘ladi.

 

Shuningdek, qimmatbaho metallarni affinaj qilish bo‘yicha faoliyat affinaj korxonalari tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.

 

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini yasash bo‘yicha faoliyat xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.

 

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olinayotganda, ishlab chiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinishi shart.

 

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика