1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Tanishuv chog‘ida saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Prezident Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi.

 

Davlat rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi.

 

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, meʼmorchilik va bog‘chilik sanʼati durdonalari sifatida tan olingan.

 

Tanishuv chog‘ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga musiqa va xalq og‘zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика