1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi

Muloqotda Saudiya bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, shuningdek, Podshohning ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Kaʼba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 800 mingdan ziyod fuqarolarimiz Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etdi.

 

Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay bo‘lishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика