Qayd etilishicha, 10 mingdan ortiq saylov uchastkalarining asosiy qismi taʼlim muassasalarining binolarida joylashadi. Xususan, saylov uchastkalarining:
-
7346tasi - taʼlim muassasalarida;
-
573tasi - mahallalar binolarida;
-
452tasi - tibbiyot muassasalarida;
-
322tasi - madaniyat va sport markazlarida;
-
206tasi - ishlab chiqarish korxonalarida;
-
93tasi - davlat xizmatlari agentligi binolarida;
-
33tasi - sanatoriylarda;
-
16tasi - savdo markazlarida;
-
145tasi - harbiy qismlarda;
-
20tasi - ozodlikdan mahrum etish va qamoqda saqlash joylarida;
-
414tasi boshqa turdagi korxona, tashkilot va muassasalar binolarida joylashishi belgilandi.
Shuningdek, Saylov kodeksining 10, 14 va 16-moddalari hamda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida 54 ta saylov uchastkalari tuziladi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish bo‘yicha Yo‘riqnomani ham tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Hozirga qadar beshta partiya o‘z nomzodlarini taqdim qildi va imzo yig‘ish jarayonlari boshlandi. Prezident saylovi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


