1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-6 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

 

“Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan”, - deyiladi xabarda.

 

Xabarda taʼkidlanicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

 

Maʼlumot uchun, Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

 

Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Eslatma. Mamlakatmiz rahbarining davlat tashrifi arafasida bugun qo‘shni davlatimizning markaziy gazetalari — "Yegemen Qazaqstan" va "Kazaxstanskaya pravda" sahifalarida davlatimiz rahbarining maxsus intervyusi chop etildi.

 

Unda bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlik masalalari haqida so‘z borgan.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga borgani hamda O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика