1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalarda kengaytirishning yoʻnalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

 

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

 

Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

 

Oʻzbekiston yetakchisi Paragvay rahbarini samimiy qutlar ekan, Lotin Amerikasi davlati Prezidenti tomonidan Oʻzbekistonga ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Mazkur sammit ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi taʼkidlandi.

 

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

 

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va oʻzaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика