1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Prezident sovg‘asi”ni respublika bo‘ylab tarqatish boshlandi

Sovg‘alar tarkibida planshetlar ham bor.

“Prezident sovg‘asi”ni respublika bo‘ylab tarqatish boshlandi

 

Yangi yil bayrami munosabati bilan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.

 

Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

 

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

 

“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика