1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident tanqididan so‘ng Surxondaryodagi yo‘l taʼmirlanmoqda — video

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident tanqididan so‘ng Surxondaryodagi yo‘l taʼmirlanmoqda — video

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yo‘lini taʼmirlash boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Kecha prezident Surxondaryoga tashrifida o‘zi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yo‘lini tanqid qilgan edi. Tanqiddan so‘ng bu yo‘lni taʼmirlash ishlari boshlandi.

 

Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr sement-beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.

 

Bugungi kunda qurilish obyektida asos ishlari bajarilmoqda. Hozirda obyektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Boysun-Denov yo‘li bo‘yicha odamlardan tushayotgan eʼtirozlarni inobatga olib, o‘zi avtomobil haydab ko‘rishga qaror qilgan edi. Unga Surxondaryoning yangi hokimi hamrohlik qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика