Prezident tashabbusi bilan Samarqand shahrida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro festivali endilikda Namanganda bo‘lib o‘tadi.
Namanganda ushbu muhim tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda: o‘nlab mehmonxonalar qurilib, zarur infratuzilma yaratilmoqda.
"Namangan viloyatining turizm salohiyati yuksalib bormoqda. Turizm klasteri yaratilmoqda, o‘nlab mehmonxonalar va boshqa infratuzilmalar barpo etilmoqda. Tez orada u yerda jahonga mashhur "Sharq taronalari" festivali bo‘lib o‘tadi", — dedi Axsikent arxeologik merosini muhofaza qilish va tadqiq qilish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Ikromov.
Taʼkidlash joizki, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali Samarqand shahrida 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil nomaʼlum sabablarga ko‘ra qoldirildi.


