1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident yangi qarorga imzo chekdi

Endi may oyidan boshlab Humo va Uzcard kartalaridan bitta bankomatda pul yechish mumkin bo‘ladi.

Prezident yangi qarorga imzo chekdi

 

Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

 

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qatʼi nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

 

Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

 

Ushbu tartib:

 

  • barcha turdagi davlat boji va maʼmuriy jarimalar bo‘yicha to‘lovlar;

  • davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga to‘lovlar;

  • maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, qayta tayyorlov, malaka oshirish hamda sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar;

  • barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;

  • Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish bo‘yicha undiriladigan to‘lovlar;

  • “E-auksion” elektron savdo platformasi va “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;

  • avia, temir yo‘l va boshqa jamoat transportlariga chiptalarni xarid qilishdagi to‘lovlarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Kelajakda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha to‘lov turlari kiritilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика