
Yetkazilgan moddiy zararning aniq summasi hozircha maʼlum emas.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 1300 ga yaqin inson halok bo‘lgan , 6 mingdan ortig‘i jarohatlangan. Gaiti qutqaruv xizmati rahbari Jerri Chandlerning maʼlum qilishicha, shifoxonalar zilziladan jabrlanganlar bilan to‘lib ketgan. 1,5 ming binolar to‘liq vayron bo‘lgan, 5 mingdan ortig‘i turli darajada zarar ko‘rgan.
“Hozirda eng muhim masala-bu tibbiy yordam. Biz zilziladan zarar ko‘rgan tashkilotlarga dori vositalari va tibbiyot xodimlarini jo‘natishni boshladik. Yordamga muhtojlarning bir qismi evakuatsiya qilingan, jarayon bugun va ertaga ham davom etadi”,-deb maʼlum qilgan Gaiti bosh vaziri Ariyel Anri.
Gaitidagi notinch siyosiy vaziyat tibbiy yordamning o‘z vaqtida yetkazilishiga to‘sqinliq qilayapti. Masalan, poytaxt Port-o-Prens shahridagi Martessan tumani qurolli to‘dalar tomonidan nazorat qilinadi hamda ular shahardan jo‘natilayotgan gumanitar yuklarni yo‘llarda to‘xtatib qo‘ygan. Bosh vazir bu bu holat harbiylar va politsiya tomonidan nazoratga olinishga vaʼda berdi.
Jahon hamjamiyati Gaiti masalasiga befarq emas. AQSH prezidenti Jozef Bayden Gaitiga yordam vaʼda qildi. BMTning insonparvarlik masalalari bo‘ymcha kotibi va favqulodda vaziyatlarda yordam tashkiloti koordinatori Martin Griffits 8 million ajratilishini bildirdi. Bu mablag‘ birinchi yordam mahsulotlariga, jumladan suv, tibbiy anjomlar uchun sraflanadi.
Maʼlumot o‘rnida, Gaiti 2010 yildagi zilzila asoratlaridan haligacha qutila olmagan. Zilzila oqibatida 200 ming dan ortiq inson halok bo‘lgan edi. Tabiiy ofat yetkazgan zarar 5,6 milliard yevroga teng deb hisoblangan. O‘shanda vayron bo‘lgan binolar, aholi yashash punktlari hali hamon to‘liq tiklangan emas.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz 53 yoshida o‘z uyida o‘ldirilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


