1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Prigojin Putinning ota-onasi qabri joylashgan qabristonga dafn qilinishi mumkin

Hozirgacha Yevgeniy Prigojin dafn etiladigan joy haqidagi ma'lumotlar maxfiyligicha qolmoqda.

Prigojin Putinning ota-onasi qabri joylashgan qabristonga dafn qilinishi mumkin

Putinning ota-onasining qabri joylashgan Sankt-Peterburgdagi Serafimovskiy qabristoniga metall detektorlar o‘rnatildi. Bu Prigojinning dafn marosimiga tayyorgarlik sifatida qaralmoqda.

Fontankaning yozishicha, Sankt-Peterburgdagi Serafimovskiy qabristonining markaziy darvozasi oldida metall detektor ramkalari o'rnatildi. Xabarda keltirilishicha, bunga aviahalokatda halok bo‘lgan Yevgeniy Prigojinning dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rilgani sabab bo‘lishi mumkin. Nashrning taʼkidlashicha, biznes-jet yoʻlovchilaridan qaysi biri Serafimovskiy qabristoniga dafn etilishi hozircha aniq emas, lekin u kamida besh kishi boʻlishini taʼkidlamoqda. 

Qabriston direktori ham metall detektorlarning o'rnatilishini Prigojin yoki samolyotning boshqa yo'lovchilari dafn etilishi bilan bog'liqligini bilmasligini aytgan.

“Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bilmaydi. Siz esa mendan so‘rayapsiz”, —dedi u.

Hozirda Prigojin qayerda va qachon dafn etilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq, Fontankaning ta'kidlashicha, 28 avgust holatiga ko'ra biznesmenning o'zi, shuningdek, "Vagner" qo'mondoni Dmitriy Utkin va Prigojin tuzilmalarining top menejeri Valeriy Chekalov Sankt-Peterburgda dafn etilishi aniq. 

Ma'lumot uchun, Serafimovskiy qabristonida Mudofaa vazirligining ko'plab faxriy askarlari va ofitserlari, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ota-onalarining qabrlari joylashgan.

Maʻlumot uchun, 23-avgust kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning xususiy samolyoti Tver oblastida halokatga uchradi. Natijada bortda boʻlgan 10 kishining barchasi halok boʻlgan. Rosaviatsiya bortdagilar roʻyxatida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin, uning komandiri Dmitriy Utkin, yana besh nafar vagnerchi hamda ekipajning uch aʼzosi keltirilganini maʼlum qilgan. Rossiya tergov qoʻmitasi 27-avgust kuniga kelib halokat joyida topilgan 10 kishining qoldiqlari parvoz roʻyxatida koʻrsatilgan odamlarga toʻgʻri kelishini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика