1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Prokuratura va Ichki ishlarning maʼlumoti yana bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti

Sariosiyo tumanida 4-sinf o‘quvchisi 8- va 4-sinfda o‘qiydigan aka-ukalar tomonidan zo‘rlangan.

Prokuratura va Ichki ishlarning maʼlumoti yana bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti

 

“Voqea 6-sentabr kuni, qizaloq maktabdan uyiga qaytayotgan paytda sodir bo‘lgan. Qizning kelayotganini ko‘rgan aka-ukalar uni bog‘ga majburan tortib olib kirgan va qo‘llarini bog‘lagan holda nomusiga tekkan”, – degan shaxsi sir qolishi sharti bilan gapirgan manba Kun.uz'ga.

 

Maʼlum bo‘lishicha, aka-ukalarning biri 8-, yana biri 4-sinfda o‘qiydi, uka – jabrlanuvchi qizning sinfdoshi.

 

“Qizchaning otasi cho‘pon. Iymonli va insofli odam. Ammo qonun-qoidani yaxshi bilmaydi. Hozir uyidan chiqolmay qolgan. Nima qilishni ham bilmayapti.

Bugun tuman hokimi va prokurori maktabga borib yig‘ilish o‘tkazgan. Ammo eshitishim bo‘yicha, yig‘ilishda voqeani shov-shuv qilmay yopib yuborish kerakligi haqida gap borgan. Voqeani tumanimiz uchun sharmandalik deya, boshqalar ham jim yurishga chaqirilgan.

Qiz ham kecha joylashtirilgan kasalxonadan bugun chiqarib yuborilganmish”, – degan suhbatdosh.

 

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, aka-ukalarning ota-onasi ishni yengillatish uchun voqeada 8-sinf o‘g‘li qatnashganini yashirishga urinmoqda. Ota-ona buning o‘rniga “voqeani to‘rtinchi va uchinchi sinfda o‘qiydigan farzandlari sodir qilgani” haqida ko‘rsatma berishgan.

 

“Shunday qilsa, katta o‘g‘li javobgarlikdan qutulib qolarkan. Kichik farzandlari esa javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan. Organ xodimlari ham buni bilib, bilmaganga olayotgan bo‘lishi mumkin. O‘zingiz o‘ylang, to‘rtinchi va uchinchi sinfda o‘quvchi bolalar qanday qilib bu ishni qilishi mumkin?!” – deydi u.

 

Sayt muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida Sariosiyo tuman prokurori Nodir Azizov bilan telefon orqali bog‘landi.

 

Voqea haqida gapirarkan, Azizov haqiqatdan ham tumandagi maktablardan birida (qaysi maktabligi tahririyatga maʼlum) 4-sinf qizning nomusiga tegish holati sodir bo‘lganini tasdiqladi.

 

“Qizaloqning ota-onasi ichki ishlar bo‘limiga kecha (7 sentabr – tahr.) murojaat qilgan. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Agar Surxondaryoga kelsangiz, ish bo‘yicha batafsil maʼlumot berishim mumkin”, – dedi prokuror. Ammo u voqeada 8-sinf o‘quvchisi qatnashganini inkor qildi.

“Yo‘q, bola to‘rtinchi sinf. Qiz va uning nomusiga tekkan bola sinfdosh”, – dedi prokuror.

 

U, shuningdek, voqea yoritilmasa yaxshi bo‘lishini ham qo‘shimcha qildi.

 

Muxbir surishtiruv harakatlarini olib borayotgan Sariosiyo tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Qurbonov bilan ham bog‘langan.

 

Qurbonov bo‘lgan voqeani va ishda chindan ham to‘rtinchi va sakkizinchi sinfda o‘quvchi aka-ukalar qatnashganini tasdiqladi, ammo voqeani bosdi-bosdi qilishga urinish bo‘lganini inkor qildi.

 

“Yo‘q, ochib bo‘lingan ish bo‘lsa, yopib nima qilamiz? Bu ish ro‘yxatga tushgan, yopib bo‘lmaydi. Biz aka-ukalarni chaqirdik, bo‘lgan voqeani tasdiqlashdi”, – dedi tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari.

 

Prokuratura va IIBning maʼlumotining bir-biriga to‘g‘ri kelmayotgani birinchi holat emas. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o‘ldirib, jasadini ikki kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarga Bosh prokuratura ham, IIV ham rasmiy munosabat bildirdi. Biroq faktlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan. Bosh prokuratura voqea 10 iyunda sodir etilgan va ayol tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay vafot etgan desa, IIVligi esa 9 iyun sanasida tibbiyot maskanida vafot etganini iddao qilgan.

 

 

Bu kabi holatlarni qanday tushunish mumkin? Surishtiruv jarayonidagi chalkashlikmi bu yoki texnik nosozlik? Kun, sana, vaqt bilan bog‘liq xatolarga yo‘l qo‘yilsa aybni yopishning iloji topilar. Lekin qonunlarlarda va jazo tayinlashda haqiqat va adolat tamoyillari buzilsachi?

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика