1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Prokuror D. Tajimuratovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini berishni so‘radi

Buxoro viloyati sudida Nukus shahrida 1-2-iyul kunlari sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha sud jarayonlari nihoyasiga yetay deb qoldi.

Prokuror D. Tajimuratovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini berishni so‘radi

 

Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.

 

Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

 

Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning taʼsir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.

 

  • Nukus voqelari bo‘yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga 11 yil, Sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi
     
  • Axmet Smetullayevni 8 yilga, Dao‘letmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
     
  • Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Po‘lat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so‘ragan.
     
  • Po‘lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.
     
  • Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.

 

Sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari ishtirok etishmoqda. Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.

 

Komissiya aʼzolarining ko‘magi bilan sud jarayonlarini “Amerika ovozi” multimedia axborot vositasi muxbir va muharriri Navbahor Imomova ham kuzatib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика