1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Prokurorga ham qonun bor...

Jizzaxda bo‘lim prokurori ushlandi.

Prokurorga ham qonun bor...

 

Jizzax shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida 2020 yilda bankdan 200 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan va ushbu mablag‘ hisobidan qoramol sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan

 

Biroq joriy yilning fevral oyida kredit bergan bank tadbirkor tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan degan xulosa bilan viloyat prokuraturasiga chora ko‘rish uchun murojaat qilgan.

 

O‘z navbatida, o‘rganib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun mazkur murojaat Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilib, uning nazorati viloyat prokuraturasi bo‘lim prokuroriga yuklatilgan.

 

Murojaatni o‘rganib chiqqan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

 

Lekin, viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori esa go‘yoki uning o‘zi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganligini iddao qilib, “xizmati” evaziga undan 1300 AQSH dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика