1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi

So‘nggi ikki savdo kunida uning narxi 15 foizdan ortiq qimmatlagandi.

Propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Respublika tovar xomashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi.

 

Qo‘mitaning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etildi.

 

So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatladi va seshanba kuni bir tonnasi uchun 10,1 million so‘mdan oshdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning takidlashicha, 5 noyabrdagi birja savdolarida propan narxi bir tonnasi 10 million so‘mdan arzonroq bo‘lgan Ai-80 avtomobil benzinini ortda qoldirdi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика