1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

«PSJ» Messining maoshi haqidagi mish - mishlarni rad etdi

«PSJ» klubi sport direktori Leonardo argentinalik hujumchi Lionel Messining maoshi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

«PSJ» Messining maoshi haqidagi mish - mishlarni rad etdi

 «Bu raqamlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda futbolchilar maoshi haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Lekin shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, Messi maoshi bo‘yicha OAV da tarqalayotgan ma’lumotlar xato», — dedi Leonardo.
18 sentyabr, shanba kuni  L'Equipe nashri Messi «PSJ»da uch yil ichida taxminan 110 million yevro maosh olishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 34 yoshli futbolchining maoshi birinchi yilda soliqlardan keyin 30 million yevroni tashkil qiladi. Shu bilan birga, u kriptovalyutada 1 million yevro, ikkinchi va uchinchi yil uchun esa yiliga qariyb 10 million yevro miqdorida pul olishi kerak.
 Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yil 10 avgustda «PSJ» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv yana  bir yilga uzaytirilishi mumkin. Argentinalik futbolchi  Ispaniyaning «Barselona» klubini shartnoma  muddati tugashi natijasida  tark etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика