1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“PSJ” yangi reja tuzdi

Unda Messi va Neymar yo‘q.

“PSJ” yangi reja tuzdi

 

Parijliklar kelasi yozdagi kichik o‘zgarishlardan so‘ng jamoaning markaziy o‘yinchisi bo‘lmoqchi bo‘lgan besh nafar futbolchini tanlashga qaror qildi. Bu haqda “Le Parisen” nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga ko‘ra, “PSJ”ning uzoq muddatli rejalari orasida hujumchi Kilian Mbappe, yarim himoyachi Marko Verratti, himoyachilar Nuno Mendes va Markinyos, shuningdek darvozabon Janluiji Donnarumma bor. Eʼtiborlisi, yulduz hujumchilar Lionel Messi va Neymar kuchli beshlikka kirmagan.

 

35 yoshli Lionel Messining “PSJ” bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Argentinalik futbolchi hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. 31 yoshli Neymarning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Avvalroq OAVda uning yozda “Chelsi”ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика