1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Pullarni cho‘zmasang, behayo foto va videolaringni internetda tarqataman”

Farg‘onada ayol erkakka tahdid qildi.

“Pullarni cho‘zmasang, behayo foto va videolaringni internetda tarqataman”

 

Farg‘onada fuqaro D.M. (ayol) fuqaro E.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 2 000 AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика