1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin: “Alyaska muzokaralari bizni zarur qarorlarga yaqinlashtirdi”

Bu uchrashuv Rossiya va AQSh o‘rtasidagi so‘nggi 7 yildagi ilk yirik sammit bo‘ldi.

Putin: “Alyaska muzokaralari bizni zarur qarorlarga yaqinlashtirdi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan muzokaralar ikki davlatni muhim qarorlarga yaqinlashtirganini ta’kidladi.

 

Gazeta.ru’ning xabar berishicha, Ankorijdagi sammit yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida davlat rahbari muzokaralarni “o‘z vaqtida va samarali” deb baholadi.

 

“Biz deyarli barcha yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Albatta, asosiy e’tibor Ukrainadagi inqirozni adolatli yechim asosida hal qilish imkoniyatlariga qaratildi”, — dedi Putin.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan suhbat chog‘ida Rossiya Ukrainaga doir pozitsiyasini ochiq va asosli tarzda bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

 

“Uchrashuv samimiy va mazmunli bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu bizni zarur qarorlarni qabul qilish sari yaqinlashtiradi”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

 

Ma’lumot uchun, 15-avgust kuni Rossiya va AQSh yetakchilari so‘nggi yetti yilda ilk bor keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazishdi. Muzokaralar Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Ukrainadagi mojaro, yadroviy qurol nazorati, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik aloqalarini muhokama qildi. Sammit natijalariga ko‘ra, qo‘shma bayonotlar berildi, biroq hech qanday hujjat imzolanmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика