Bugun, 26-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qildi.
Uchrashuvda Putin Rossiya har doim BMTni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. U Ukrainadagi harbiy mojaro haqida to‘xtalib, bugungi muammolar 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan keyin paydo bo‘lganini va bu konstitutsiyaga zid harakat bo‘lgani aytib o‘tdi.
Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni yaxshi niyatlarini yaqqol namoyon qilgan, ammo Buchada provokatsiyaga duch keldi.
BMT Bosh kotibi Turkiyaning Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun muloqot tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi va gumanitar koridorlar bo‘yicha BMT–RF–Ukraina o‘rtasida aloqa guruhini tuzishni taklif qildi.


