1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin energetika sulhi bo‘yicha vaʼdasini bajardi — Tramp

Rossiya bir hafta davomida energetika obyektlariga zarba bermagan, sulh muddati tugagach, harbiy hujumlar qayta boshlangan.

Putin energetika sulhi bo‘yicha vaʼdasini bajardi — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi energetika infratuzilmasiga hujumlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha bergan vaʼdasiga amal qilganini maʼlum qildi. Bu haqda dw.com nashri xabar berdi.

 

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Trampning aytishicha, mazkur pauza bir hafta — yakshanbadan yakshanbagacha davom etgan.

 

“U bu borada o‘z so‘zida turdi. Bu juda muhim edi. Bir hafta o‘tgach, biz istalgan muddatga kelishishga tayyor bo‘lardik”, — dedi AQSH prezidenti.

 

Trampning taʼkidlashicha, ushbu muddat tugagach, Rossiya yana harbiy harakatlarni kuchaytirgan. “Pauza yakunlandi va Putin endi zarbalarni davom ettirdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Avvalroq, 29 yanvar kuni Donald Tramp shaxsan Vladimir Putinga kuchli sovuq sababli Ukrainadagi energetika obyektlariga hujumlarni vaqtincha to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilganini bildirgan edi. Keyinchalik Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu tashabbus muzokaralar uchun sharoit yaratish maqsadida ilgari surilganini tasdiqladi.

 

3 fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy-sanoat kompleksi va energetika infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarbalar berilganini maʼlum qildi. Vazirlik ushbu hujumlar Rossiya hududlariga qilingan avvalgi zarbalarga javob ekanini taʼkidladi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya Trampning iltimosini eʼtiborsiz qoldirganini aytib, AQSHdan vaziyatga rasmiy munosabat bildirishni kutayotganini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика