Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida Ukraina bilan yana-da kattaroq urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini ochiq aytdi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
“Bir yil o‘tib biz prezident Putin tinchlikka tayyorlanayotgani haqida hech qanday alomat ko‘rmayapmiz. Aksincha, bugun u bundan ham kattaroq urushga tayyorlanayotganini yaqqol ko‘rsatdi. Rossiya yangi hujumlarni boshladi, qo‘shimcha qo‘shinlarni safarbar qilmoqda va Shimoliy Koreya va Eron bilan aloqada”, — dedi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agressiv urush boshlanishiga faqat Putin aybdor.
Stoltenberg alyans Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirgan.


