1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin oktyabrda Xitoyga boradi

Rossiya rahbari u yerda forumda ishtirok etadi.

Putin oktyabrda Xitoyga boradi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Bir makon – bir yo‘l” forumida ishtirok etish uchun oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyurmoqchi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Konstantinovskiy saroyida Putin Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, KPK Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonining rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

 

“Xitoy Xalq Respublikasi rahbarining joriy yilning oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyurish taklifini qabul qilganimdan mamnunman. Biz yirik Yevroosiyo makonini yaratish bo‘yicha o‘z g‘oyalarimiz va xitoylik do‘stlar g‘oyalarini “Bir makon – bir yo‘l” dasturi doirasida birlashtiramiz”, — dedi Putin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика