Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga quyidagilarni ma'lum qildi.
"Hozircha aytishim mumkinki, bugun yoki ertaga Belarusga, yakshanba-dushanba kuni esa O‘zbekistonga tashrif bo‘ladi", — dedi Kreml vakili.


