13 oktyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda Astanada bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti doirasida qirg‘iz-tojik chegarasidagi keskinlik bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Qirg‘iziston Respublikasi rahbari Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi rahbari Imomali Rahmonning qo‘shma uchrashuvi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil etildi. U Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara muammolarini hal qilishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 12-13 oktyabr kunlari Astana shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Ozarbayjon, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Falastin, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va Belarus rahbarlari, Vyetnam vitse-prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi raisining o‘rinbosari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Moskva uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgandi.


