Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Nomad” telekanali bosh muharriri Natalya Krolevichga bergan intervyusida muhojirlar mavzusiga oid munosabatini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, mamlakatda muhojirlar masalasi aholida norozilik uyg‘otmasligi, barcha jarayonlar tartibli tashkil etilishi zarur.
“Biz fuqarolarimiz uchun, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun hamma narsa tartibda bo‘lishini ta’minlashimiz kerak, toki bu masala atrofida sodir bo‘layotgan barcha hodisalar g‘azabga sabab bo‘lmasligi kerak”,” — dedi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada ishlash va yashash istagini bildirgan xorijiy fuqarolar mahalliy muhitga moslashishga, mamlakat qonunlari va ijtimoiy tartiblariga rioya qilishga tayyor bo‘lishlari talab etiladi.


