1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Putin Rossiyaning yangi yadroviy doktrinasini tasdiqladi

Rossiyaning hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi tajovuz bo‘lganda, yadroviy quroldan foydalanilishi mumkin.

Putin Rossiyaning yangi yadroviy doktrinasini tasdiqladi

Yangi doktrinaga ko‘ra, Rossiya yoki uning ittifoqchilari suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi tajovuzga javoban yadroviy quroldan foydalanilishi mumkin.

 

Yadroviy davlat ishtirokida yoki ko‘magida yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlat tomonidan Rossiyaga qarshi tajovuz birgalikda qilingan hujum sifatida ko‘riladi.

 

Potensial dushman havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, o‘rta va qisqa masofali raketalar, shuningdek, noyadroviy qurollar va hujum dronlari bilan Rossiyaga xavf solganda yadroviy to‘xtatuvchi vosita qo‘llaniladi.

 

 

Potensial raqib tomonidan Rossiya chegaralari yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish tahdid sifatida ko‘riladi.

 

Harbiy infratuzilmani Rossiya chegaralariga yaqinlashtiradigan mavjud harbiy koalitsiyalarni yaratish yoki kengaytirish yadroviy kuchlarni qo‘llashga sabab bo‘luvchi tahdid sifatida qaraladi.

 

Rossiya yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini favqulodda va majburiy chora sifatida ko‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика