1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Tramp bilan qayerda uchrashmoqchi ekanini aytdi

Uning fikricha, uchrashuv uchun mos joylardan biri — BAA.

Putin Tramp bilan qayerda uchrashmoqchi ekanini aytdi

Rossiya yetakchisi Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan Kremldagi uchrashuvi vaqtida uning mamlakati Tramp bilan uchrashuv uchun mos joylardan biri ekanini aytdi.

 

“Bizda buni tashkil etishda yordam berishga tayyor ko‘plab do‘stlarimiz bor. Ularning biri — BAA prezidenti. Menimcha, biz mazkur masalani hal qilamiz, lekin bu uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ancha munosib joylardan biri bo‘lardi”, — dedi Rossiya prezidenti jurnalistlarga.

 

Putinning aytishicha, Moskva ham, Vashington ham ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvga qiziqish bildirgan. U, shuningdek, Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emasligini, biroq buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerakligini, hozircha esa bu imkoniyat ehtimoli hali uzoq ekanini qo‘shimcha qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика