Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralar Sankt-Peterburg yaqinidagi Strelna shahrida joylashgan Konstantinovskiy saroyida boshlandi.
Uchrashuv avvalida Lukashenko Ukraina armiyasining qarshi hujumi amalda yo‘qligini aytdi. “U bor, lekin barbod bo‘ldi”, deb javob berdi janob Putin, deb yozadi “TASS”.
Putinning taʼkidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujum paytida yoʻqolganlari 26 ming kishidan oshgan. Rossiya prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlar “o‘z ahmoqligi” tufayli katta yo‘qotishlarga duchor bo‘layotganini ta’kidladi.
Ma'lumot uchun, ikki davlat rahbarlari bir mashinada birgalikda muzokaralar o‘tkazish uchun Konstantinovskiy saroyiga yetib kelishgan.
Ayni paytda davom etayotgan uchrashuvda Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Rossiya-Belarus munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Ittifoq doirasidagi integratsion hamkorlikni muhokama qilishlari kerak, deb xabar bermoqda "Kommersant" nashri.


