Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy noyabr oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga borishga rozi. Bu haqda “The National” nashri xabar bermoqda.
Agar Zelenskiy va Putin Balidagi sammitga kelishsa, bu ularning mojaro boshlanganidan buyon birinchi marta bir joyda yig‘ilishi bo‘ladi.
Keskinlikning oldini olish uchun davlat rahbarlari turli mehmonxonalarga joylashtiriladi. Hozirda ularni qaysi mehmonxonalarga joylashtirish masalasi hal qilinmoqda.


