Rossiya prezidenti Vladimir Putin moliyaviy operatsiyalarni taqiqlovchi va Rossiyada maxsus iqtisodiy cheklovlar ostida qolgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini blokirovka qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
“Bloklangan shaxslar deganda xorijiy davlatlaк, tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan nazorat qilinadigan, yuridik shaxslar, shuningdek, jiamoniy shaxslar tushuniladi”, — deyiladi hujjatda.
Qonunga ko'ra, iqtisodiy choralar moliyaviy operatsiyalarni taqiqlashga qaratilgan.
Shunday qilib, Rossiya tomonidan yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritilgandan so'ng, ularning mablag'lari va mol-mulki bloklanadi. Ushbu cheklashlar Rossiyaning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi mamlakatlarning "do'stona" harakatlarida qo'llanilishi mumkinligi ma'lum qilingan.


