1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin yangi haftada Tojikistonga boradi

Rossiya yetakchisining Turkmanistondagi sammitda ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Putin yangi haftada Tojikistonga boradi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Rossiya1” talekanali xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Putin yangi hafta boshida Dushanbega uchadi va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar olib boradi. 


Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Kremlda Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan ham muzokara o‘tkazadi. Shundan so‘ng Kaspiy sammitida ishtirok etish uchun Ashxobodga boradi.

 
Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kuni Vladimir Putin Bularus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazib, yaqin oylarda “Iskandan–M” raketa tizimlarini Minskka topshirishni va’da qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика