“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning so'nggi isyoni Rossiyaning zaifligi va xavfliligini ko'rsatdi, deb yozadi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel o‘z blogida. Uning fikricha, Ukrainaga qarshi harbiy harakatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimini avval o‘ylagandan ham ko‘proq zaiflashtirgan.
"Putin yirtqich hayvon yaratdi, endi esa o‘sha yirtqich hayvon uni tishlab oldi. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yollanma askarlar guruhi muntazam davlat armiyasiga qarata o‘t ochgani Rossiyasi patologiyasi qay darajada ekanligini ko‘rsatadi", - dedi Borrel.
Shuningdek, u Belarusdagi voqealarni diqqat bilan kuzatishga chaqirdi. Ta`kidlashicha, Prigojin jangarilarni u yerga ko’chirishi xavotirli. Shu bilan birga, diplomat Putin o‘z hokimiyatiga zarba berganini, bu esa kelajak uchun yomon oqibatlarga olib kelishini qo’shimcha qildi.


