1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putinni qo‘lga olish buyrug‘iga hojat yo‘q — Tramp

Tramp Maduro kabi Putinni ham qo‘lga olish operatsiyasiga buyruq berish-bermasligi haqidagi savolga javob berdi.

Putinni qo‘lga olish buyrug‘iga hojat yo‘q — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Maduro kabi Vladimir Putinni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazish buyrugʻini berish-bermasligi haqidagi savolga javoban u shunday dedi:

“Menimcha, bu kerak bo‘lmaydi. Biz har doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz, garchi hozir unda ko‘nglim qolgan bo‘lsa ham”. 

 

Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

 

Mazkur izohdan ko‘rinib turibdiki, AQSH prezidenti Rossiya yetakchisini hibsga olish yoki qo‘lga olish kabi amaliyotga zarurat bo‘lmaydi deb hisoblamoqda va bunday chorani qo‘llash niyati yo‘qligini bildirdi.

 

Donald Tramp bundan avval Rossiya bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolganini aytib, ayni paytda Putinning Ukrainadagi harakatlaridan norozi ekanini ham bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика