Vladimir Putin koronavirusdan juda qo‘rqadi va tashqi dunyodan o‘zini butunlay uzib qo‘ydi. Bu haqda "Gazprom" shoʻba korxonasi rahbari Mattias Varig maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik yuqishidan qo‘rqib RF prezidentining oldiga deyarli hech kim kiritilmaydi. Kommunikatsiyalar asosan, telefon va videoaloqa orqali amalga oshirilmoqda.
"U men bilan aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda. Men unga nimadir ayta oladigan yagona odamman", — degan Varnig.
U Rossiya rahbari bilan so‘nggi uchrashuvlardan birida urushda g‘alaba qozona olmasligini aytganini taʼkidlagan.
Varnig hozirda AQSH sanksiyalari ostida. Germaniya soliq xizmati esa sobiq direktorning moliyaviy manbalari ustidan yirik tekshiruv boshlagan. U Nord Stream 2 kompaniyasining sobiq rahbari hisoblanadi. Varnigni Putinning yaqin do‘stlaridan biri sifatida ko‘rishadi.


