1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Putinning yaqin do‘sti RF prezidenti bilan qadrdonligini inkor qilmoqda

Rus oligarxlari YEI bosh sudiga daʼvo kiritdi. Ular sanksiyalar ortidan o‘ziga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplashni talab qilmoqda.

Putinning yaqin do‘sti RF prezidenti bilan qadrdonligini inkor qilmoqda

 

Rossiya va Belarus oligarxlari o‘zlariga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlash uchun Yevropa sudiga murojaat qildi

 

Xususan, hozirgi kunda YEIning oliy sud instansiyasida Bryussel “qora ro‘yxati”ga tushgan kompaniya va biznesmenlarning 61 daʼvosi ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, oligarxlar Grigoriy Berezkin va Gennadiy Timchenkolar o‘zlariga yetkazilgan “nomoddiy zarar” uchun kompensatsiya talab qilgan. Xususan, multimilliarder Berezkin mavqeiga jiddiy zarar yetkazilganini, Ukrainadagi hodisalarga aloqasi yo‘qligini va RF hukumatini qo‘llab-quvatlamasligini bildirgan. Kompensatsiya sifatida u 1 yevro talab qilgan.

 

Shveysariyada yashovchi Timchenko esa 1 million yevro undirishni talab qilyapti. U Shveysariyada yashaydi, Putinning yaqin do‘sti va baʼzan Rossiya rahbari milliarder bilan xokkey o‘ynaydi. Timchenko rasmiylar uning Putin bilan aloqasini bo‘rttirib yuborganini taʼkidlagan.

 

Bundan tashqari, “Chelsi”ning sobiq xo‘jayini Roman Abramovich va “Alfa-Grupp” moliyaviy guruhining rahbari Mixail Fridman ham sudga murojaat qilgan. Agar Abramovichning daʼvosi qondirilsa, u kompensatsiyani o‘zi tuzgan va urush qurbonlariga yordam beradigan jamg‘armaga jo‘natmoqchi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика