1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pxenyan 2 kundan beri Seulning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

Ular o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda keskinlashgan.

Pxenyan 2 kundan beri Seulning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

 

KXDR ikki kundan beri Seuldan harbiy chiziq bo‘yicha qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti. Mamlakat, shuningdek, Koreyalararo aloqa liniyasi bilan bog‘lanishga urinishlarga ham javob qaytarmayapti.

 

Yonhap agentligining yozishicha, ikki davlat odatda har ikki aloqa liniyasida kuniga ikki marta — soat 9:00 va 17:00 da qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi. Koreyalararo aloqa liniyasi faqat ish kunlari ishlaydi, harbiylar esa dam olish kunlari ham qo‘ng‘iroq qiladi.

 

“Shimoldan muntazam qo‘ng‘iroqlar nomaʼlum sabablarga ko‘ra amalga oshirilmayapti. Biz vaziyatni kuzatib boramiz, barcha imkoniyatlarni ochiq qoldiramiz, jumladan, Shimoliy yo‘nalishdagi texnik muammoni”, — deydi harbiy manba.

 

KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda keskinlashgan. Chunki AQSH va Janubiy Koreya bir necha yil ichida birinchi marta keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

 

Bunga javoban bugun kuni ertalab Shimoliy Koreya davlat matbuoti simulyatsiya qilingan yadro kallagiga ega Haeil-2 zarbali suvosti kemasini sinovdan o‘tkazdi. Koreyalararo kanallar orqali kundalik aloqalar avval ham bir necha bor uzilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика