1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Ayni vaqtda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1966-yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida, ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tangalar ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gramm bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

 

Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897-1911 yillar oralig‘ida bosib chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln so‘mni tashkil etadi. Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida "Nikolay" tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика