“Loroben” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qo‘yildi va sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 mln jarima qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva maʼlum qildi.
Vazirlikka 2024 yil 1-chorak bo‘yicha kelib tushgan jami 35 mingdan ortiq murojaatlarning 76 foizi qonuniy hal etildi.
Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida 538 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirib berildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 3 179 ta taqdimnoma kiritildi, 3 830 nafar shaxslar maʼmuriy, 1 169 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 mlndan ortiq xizmatlar ko‘rsatilib, xizmat ko‘rsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.
19 858 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
53 314 ta YATT davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 355 taga yetkazildi.
Sudlarga 189 mlrd so‘mga yaqin 3 030 ta daʼvolar (arizalar) kiritilgan.


