1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

Bu bo‘yicha FVV ma’lumot berdi.

“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

 

Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Toshkent—O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 206-kilometrida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi.

 

Hozirda FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

“Qisqa muddatlarda dovondagi harakat qayta tiklanadi”, — deyiladi FVV rasmiy xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика