1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Qamchiq” dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi

Haydovchilardan og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda yuk og‘irligi meʼyorini saqlagan holda harakat qilish so‘ralmoqda.

“Qamchiq” dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi

 

“Qamchiq” dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, A-373 «M-39 avtomobil yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh» avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismidan o‘tayotgan avtomobillarning yo‘l o‘qiga tushayotgan og‘irlikni nazorat qilish uchun ushbu yo‘lning 273-kilometrida avtomobillarning og‘irliklarini o‘lchash uskunalari bilan jihozlangan nazorat punkti tashkil qilindi.

 

Mazkur nazorat punkti  2022-yil 1-noyabr kuni soat 00:00 dan ish faoliyatini boshladi.

 

Viloyat IIV YHXB haydovchilarni ogohlantirib, ulardan og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda yuk og‘irligi meʼyorini saqlagan holda harakat qilishlarini so‘ramoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика