1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qamchiq dovonida Neksiya handaqqa tushib ketdi

Holat bo‘yicha FVV ma’lumot berdi.

Qamchiq dovonida Neksiya handaqqa tushib ketdi

 

Bugun, 4-dekabr kuni Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Neksiya avtomashinasi handaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Qayd etilishicha, soat 20:30 da Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 228-kilometri Qamchiq dovoni qismida avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan. 

 

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. FVV qutqaruvchilari zudlik bilan avtomobil haydovchisiga yordam ko‘rsatgan. 

 

Elstib o‘tamiz, avvalroq 4-dekabrdan boshlab dovonda bir hafta davomida qor yog‘ishi kutilayotgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика