Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi ortidan avtomobillar harakati to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik Qamchiq dovonida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘ragan.


