Joriy yilning 23-may kuni Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgan.
Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11-may kuni uyiga qo‘ng‘iroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini ta'kidlagan. Qolgan oila a’zolari ham marhumning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmayapti.


